Lyrics

Nur to'la ko'zlarda ma'no ko'p, Siz aytgan so'zlarda ma'no ko'p. 2 X Siz kabi onalar bor yurtda, Olim ko'p, shoir ko'p, dono ko'p. 2 X O'ttizga kirsak ham ona biz, Baribir siz uchub bolamiz. Qirqqa kirsak ham onajon, Baribir siz uchun bolamiz. Uzmayin duolar zarjirin, Siylaysiz farzandlar har birin. 2 X Kelinli kuyovlik bo'lsak ham, Ko'rmaymiz mehringgiz oxirin. 2 X Qirqqa kirsak ham ona biz, Baribir siz uchun bolamiz. Ellikka kirsak ham onajon, Biz baribir siz uchun bolamiz. Quyoshsiz bizga nur ulashgan, Tojimsiz boshimga yarashgan. 2 X Avf eting e'tiborsiz qoldiring, Bo'lsak biz salgina adashgan. Oltmishga kirsak ham ona biz, Baribir siz uchun bolamiz. Garchi shoh bo'lsak ham ona biz, Baribir siz uchun bolamiz. Nur to'la ko'zlarda ma'no ko'p, Siz aytgan so'zlarda ma'no ko'p. Siz kabi onalar bor yurtda, Olim ko'p, shoir ko'p, do'no ko'p. 2 X
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out