Lyrics

Odatiy hol – ko'z yoshim Yuvib ketar quvonchim. Qo'ying menga ishonmang, Oqlolmayman ishonchni. Odatiy hol – omadim Kulmas mening sira ham. Qo'ying, menga do'st bo'lmang, Mening sodiq do'stim g'am. Odatiy hol – uchrashib, Kulib quchoq ocharlar. Do'stga dardim aytmayman, Aytmasimdan qocharlar. Odatiy hol – ortimdan, G'iybat quvib yuradi. Ichu bag'rim qon mening, Ko'zim kulib turadi. Odatiy hol – parishon, Tunda shahar kezaman. Demasangiz ham daydi, Nigohlardan sezaman. Odatiy hol – onamning Qo'li tolmas duodan. Ko'nglimdagi yo Rabbim, Nima bo'lsa Xudodan. Odatiy hol – ko'z yoshim Yuvib ketar quvonchim. Qo'ying menga ishonmang, Oqlolmayman ishonchni.
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out