Lyrics

Tim qora tog', kun qora, Atrofim jimjit, xira .Go'yo hayot ataylab Meni qilar masxara. Ma'yus qorday yillarim Asta ko'mar yo'llarim. Sog'inchlardan chinqirab, Bemador, zor yuragim. N a q a r o t: Seni ko'rsam qaniydi, Bir bor ko'rsam qaniydi! Hech bo'lmasa uzoqdan Ko'rib o'tsam qaniydi! Seni ko'rsam qaniydi, Bir bor ko'rsam qaniydi! Hech bo'lmasa chang bo'lib Senda qolsam qaniydi! Yomg'ir yuvar yoshimni, Qayg'u silar boshimni, Bir umrga so'ndirdi Armon baxt quyoshimni. Ma'yus qorday yillarim Asta ko'mar yo'llarim. Sog'inchlardan chinqirab, Bemador, zor yuragim. N a q a r o t: ... Yolvoraman Xudodan, Qanot bersa qaniydi, Sen tomonga qush bo'lib Uchib borsam qaniydi, Seni ko'rsam qaniydi...
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out