Lyrics

Ayb etmang, do'stlar, bu savdo Bormi faqat mening boshimda? Kimni etmas bu hayot shaydo Kim ham sevmas, kim yig'lamas Kim kuylamas mening yoshimda? Bulbulman, ohu zor chekib Toza gulzordin ayrildim Ko'zdan qonli yoshim to'kib Ul sevar yordin ayrildim Ayrildim g'uncha gulimdan Qora sochli sumbulimdan Xush ovozli bulbulimdan Shiringuftordin ayrildim Telba ko'nglim orzumoli Barcha go'zallarning xoli Sakkiz jannatning bo'stoni Ul mevazordin ayrildim Maxtumquli – oshiq Maston Bag'ishlab sha'niga doston Manzilgohi bog'u bo'ston Olma-anordin ayrildim Olma-anordin ayrildim...
Writer(s): Bahrom Nazarov Lyrics powered by www.musixmatch.com
Get up to 2 months free of Apple Music
instagramSharePathic_arrow_out