Lyrics

Hayolim o'zga olam Nega bora-bora tunda ko'zim nam? O'zi man bu huzurda mehmon Nari borsa bugunam adoim ehtimoli har qadam Ko'zlarim yo'lingdadur Bir mani maqsadim bo'lmadi ro'yo Ko'rinmas dunyo Yuguradi bu oyog'larim Tomoninga tinmay Hech dam bilmay Mana bu qo'llarim Har kuni doim yopiq eshigingni tebratar Umuman tonmay Izlaydi ko'zlarim o'zingni faqat Behonumoman Bitti bu doston Yuragimdagi ming karra fig'on Badanimda qolmadi darmon Yo'qlayman o'zingni kunu-tunda o'zimda Kuygan haroratda fursatda Har kelajak bir zamonda Har sahifayu devonda Sezildi na bir issiq, na bir sovuq Har tomonimdan berilgan zarba Na bir zulmni sezdim man betom, a Vujudimni kuydirsang, bejon etsang Yuragimni qon talatib oxir netaman? Jamolingni ko'rsatmasang... Nasibamni maning Devonayu rasvodan battar qilsang ham roziman axir Oxiri borib manzili aloga yetqazsang Bo'lar edim man sodir Jon-u, jahonim maning Qalbimni do'pposlagan dardim-u arzandam maning Har balo qilsang qil Oshiq qilsang bas Bormidi bundan ortiq baxt Misoli daraxt kabi man so'narim ayyon bevaqt Qadarim bitmasdan mutloq man qildim aht (Jagy) Negadir ko'karmadim, ko'kardi ichimdagi dardim-u armon Boq mani holimga yoron Ne keregi bor o'sha go'zal makon Ko'zlaringa man boqmasam Unda borim ham kam Butun borlig' ham kam Kun kabi otsang Qani edi natijalarim so'ngida Vaslinga duchor bo'lsam Hayron-u vayron bo'lsam Yuragim qon otib oxir netaman? Jamolingni ko'rmasam!
Writer(s): Shokhrukh Shadmanov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out