Lyrics

Sening ko'zingda, har bir so'zingda Afsus, men emas. Kulib turibman ichimdan yig'lab, Go'yo og'ir emas. Tunlar yolg'iz, tonglar sensiz, Balki ko'nikaman. Aybdor o'zim, bu so'nggi so'zim – Seni unutaman! Ketaver, ortga qaytma, Sevaverishing aytma, Ketaver, ketaver. Mazmun yo'q sevgimizda, Sening manziling o'zga, Ketaver, ketaver. Yillar o'zimni aldab yashardim, Meni sevar deb. Yolg'onlaringga ko'zim yumaverib, Kutdim, o'tar deb. Tinch qo'y meni, baxtli qil uni, Meni o'ylama. Aybdor o'zim, bu so'nggi so'zim – Yetar, urinma! Ketaver, ortga qaytma, Sevaverishing aytma, Ketaver, ketaver. Mazmun yo'q sevgimizda, Sening manziling o'zga, Ketaver, ketaver. (+)
Writer(s): Lola Yuldasheva Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out