Lyrics

Nega bugun, jonim, sening ko'zlaringda yosh? Nega bugun ko'rinmaydi chehrangda quyosh? Nahot qolmadi qalbingda hech qanday quvonch? Nahot yo'qoldi yurakda sevgiga ishonch? Nahot shunchalik yovuz bo'lsa bu dunyo? Nahot bir umr hayot o'tsa bevafo? Sen o'ylama, sen yig'lama, yuragingni qiynama, Bu azoblar o'tib ketar sen ko'z ochib yumguningcha. Sen o'ylama, sen yig'lama, yuragingni qiynama, Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta! Hali kutar seni, jonim, quvonchli kunlar, Sen uchun yonar osmonda baxtli yulduzlar, Yana uyg'onar qalbingda orzu-umidlar, Yana uyg'onar yurakda o'sha tuyg'ular, Asli shunchalik yovuz emas bu dunyo, Aslo bir umr hayot o'tmas bevafo... Sen o'ylama, sen yig'lama, yuragingni qiynama, Bu azoblar o'tib ketar sen ko'z ochib yumguningcha. Sen o'ylama, sen yig'lama, yuragingni qiynama, Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out