Lyrics

Sochlaringdek tun cho'kib, Yulduzlari chiqqanda peshvoz, Yuraklar hisga to'lib, Ko'zlaringga termulsam bir oz. Ikkimiz oq qush bo'lib, Sevgi uzra etamiz parvoz. Majnunman seni ko'rib, Azizam. Seni sevaman, ko'zlarimga begona uyqu, Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg'u. Seni sevaman, sevgi borki yo'q menda qayg'u, Seni sevaman, faqat seni sevaman. Chechaklarin erkalab, Maysalari bo'y cho'zgan bahor, Har tong, har kun ertalab Yo'limizda yoyganda gulzor. Sabo sochlaring silab, Lablaringga lablarim xumor, Shirin bir bo'sa tilab, Azizam. Seni sevaman, ko'zlarimga begona uyqu, Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg'u. Seni sevaman, sevgi borki yo'q menda qayg'u, Seni sevaman, faqat seni sevaman. Seni men yurakdan sevdim, sevgim, ye-ey, Seni men qalbimdan sevdim, hou-vou, Mening ko'nglim, mening sevgim. Seni men yurakdan sevdim, sevgim, hou, Seni men qalbimdan sevdim, hou-vou, Mening gulim, mening sevgim. Seni sevaman, ko'zlarimga begona uyqu, Seni sevaman, qalbimda shu yagona tuyg'u. Seni sevaman, sevgi borki yo'q menda qayg'u, Seni sevaman, faqat seni sevaman. Seni sevaman...
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out