Lyrics

Na qilay rohatim yo'q, Ishimda bir unum yo'q, Sog'inaman vaslingni, O'ylamagan kunim yo'q. She'r aytmagan kunim yo'q, She'r bitmagan tunim yo'q. Ko'zim - ko'zingga tushdi, Men yonaman shekilli, Devonaman shekilli, To'lg'onaman shekilli. Shul bois yuzim sariq, Bog'larga keldi xazon, Dil kuyar, iymon kuyar, O'tlarga tushdi zabon, Navoiy o'qib erdim, Majnunga bo'lib hayron. Ko'zim -ko'zingga tushdi, Men yonaman shekilli, Devonaman shekilli, To'lg'onaman shekilli. Gul ko'tarib o'tarman, Bu sevgi ko'chasidan, Sadoqatda muqimman, Oshiqlar nechasidan, Etmasam uchib chiqur, Yurak o'z go'shasidan, Ko'zim -ko'zingga tushdi, Men yonaman shekilli, Devonaman shekilli, To'lg'onaman shekilli. Chirog'ingga urilgan, Parvonaman shekilli, Ishqingda tuproq o'ldim, Uyg'onaman shekilli. Shoirligim ne bo'ldi, Men tonaman shekilli. Ko'zim - ko'zingga tushdi, Men yonaman shekilli, Devonaman shekilli, To'lg'onaman shekilli. Na qilay rohatimyo'q, Ishimda bir unum yo'q, Sog'inaman vaslingni, O'ylamagan kunim yo'q. She'r aytmagan kunim yo'q, She'r bitmagan tunim yo'q. Ko'zim -ko'zingga tushdi, Men yonaman shekilli, Devonaman shekilli, To'lg'onaman shekilli.
Writer(s): Bunyodbek Saidov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out