Featured In

Credits

COMPOSITION & LYRICS
Ahror Po'latov
Ahror Po'latov
Songwriter

Lyrics

Mansab uchun poyni ko'zga surmayman Meni sotganlarni odam bilmayman Kuchi yo'q, ojizdek g'iybat qilmayman Allohga soldim, Allohga soldim Sizlardek osmonga sapchiganim yo'q Ko'zim ham, ko'nglim ham, vijdonim ham to'q Men ozroq egildim, lek singanim yo'q Allohga soldim, Allohga soldim Ishonchimga kirib aldaganlar has Nomarddan ham nomard, pastlardan ham past Allohdan qo'rqaman, bandasidanmas Allohga soldim, Allohga soldim Dilimda iymondir, ko'nglimda ka'ba Alloh kechirimli qilinglar tavba Dushmanlarga kulgum beryabdi zarba Allohga soldim, Allohga soldim Mardman deb kerilma, vijdonli bo'lchi Hayotda mardlarcha bir yashab ko'rchi Odamni ajratmas banda odamdan Yaralgansan asli nasling tuproqdan Mardman deb kerilma, vijdonli bo'lchi Hayotda mardlarcha bir yashab ko'rchi Odamni ajratmas banda odamdan Yaralgansan asli nasling tuproqdan Qilayotgan ishlarim Alloh bilsa bas Qadamlarim o'lchash bandasigamas Yurmayman hech kimga bo'lib qasdma qasd Allohga soldim, Allohga soldim Yo'qlikda ostonam urib kelganlar Mendan panoh izlab, ko'nglim olganlar Bugun odam bo'lib, so'ng tupurganlar Allohga soldim, Allohga soldim Bugun qaddim baland, omadlar qurshab Mana davrim keldi, ming shukur, yo Rab Men g'iybat qilmayman sizlarga o'xshab Allohga soldim, Allohga soldim Dilimda iymondir, ko'nglimda ka'ba Alloh kechirimli qilinglar tavba Dushmanlarga kulgum beryabdi zarba Allohga soldim, Allohga soldim Mardman deb kerilma, vijdonli bo'lchi Hayotda mardlarcha bir yashab ko'rchi Odamni ajratmas banda odamdan Yaralgansan asli nasling tuproqdan
Writer(s): Ahror Po'latov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out